Sardobadagi to‘g‘onning suv chiqaradigan joyi beton va armaturadan bo‘lgan. O‘zi tuproqli damba - vazir o‘rinbosari


Sirdaryo viloyatida Xalqaro press-klubning sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Sardoba suv omboridagi hodisa haqida so‘z yuritilmoqda.




Tadbir davomida ushbu to‘g‘on qurilishida armatura ishlatilmagani, quruq tuproq bilan ko‘tarilgani haqida tarqalgan gap-so‘zlar bo‘yicha savol berildi.
Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vohidjon Ahmadjonovning aytishicha, tuproq dambasining o‘zi uning loyihaviy konstruksiyasidan kelib chiqqan holda tuproqli va toshli bo‘lgan.
«Aynan mana shu materiallar (tuproq va tosh - tah.) ishlatilgan. To‘g‘onning suv chiqaradigan joyi beton hamda armaturadan bo‘lgan, aynan suv chiqaradigan joyi. 
Bunday suv omborlari juda ko‘p. Bunda tuproqning turiga qaraladi. O‘zbekistonda beton to‘g‘onlar ham bor, masalan, Andijon suv ombori, u beton to‘g‘oni hisoblanadi. U joy relfi hamda sharoitiga qarab qilinadi. Sirdaryo, Jizzaxga o‘xshagan hududlarda, nafaqat bizda, balki butun dunyoda ham, xuddi shu kabi tuproqli to‘g‘onlar qurib foydalaniladi», - deydi Vohidjon Ahmadjonov. 
Manba: "kun.uz"