Dam olish kunlarida qanday ob-havo kuzatilmoqda ?



Oʼzgidromet dam olish kunlarida kutiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Bugun Oʼzbekistonning katta qismida ob-havo asosan quruq va nisbatan salqin boʼladi. Faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida esa kechga borib yomgʼir yogʼishi, momaqaldiroq boʼlishi mumkin.

16 mayda atmosfera fronti oʼtishi natijasida bulutlar koʼpayib, ayrim joylarga momaqaldiroqli yomgʼir yogʼadi. Qoraqalpogʼistonda va Xorazm viloyatida yogʼingarchilik boʼlmaydi.

Bu kunlarda kunduzgi harorat 20-25 daraja atrofida boʼladi. Bu may oʼrtasi uchun xos boʼlgan meʼyordan 3-6 darajaga pastdir.

17 mayda mamlakatimiz hududining katta qismida yogʼingarchilik kutilmaydi. Faqat respublikaning janubiy va markaziy viloyatlarida ob-havo bir oz nobarqaror boʼladi. Bu hududlarda baʼzi joylarga yomgʼir yogʼishi, momaqaldiroq boʼlishi mumkin.

17 may kechga borib Oʼzbekistonning shimoliy hududlariga Kaspiy dengizi tomondan navbatdagi nam havo oqimi kirishni boshlaydi. Аyrim joylarga yomgʼir yogʼishi, momaqaldiroq boʼlishi, shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.

17 mayda havo harorati 2-3 darajaga koʼtariladi.
Manba: "qalampir.uz"