O‘zbekistonda benzin narxi yana arzonlashdi


2020 yil 15 maydan boshlab “O‘zbekneftgaz“ AJ “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida Ai-92 markali benzin narxi 500 so‘mga arzonlashib, 5000 so‘mdan sotila boshlaydi. Bu haqda bugun, 13 may kuni kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

“2020 yilning 26 mart kunidan e’tiboran Ai-92 markali benzinning narxi 6200 so‘mdan 6000 so‘mga pasaytirilgandi. 29 apreldan esa bu mahsulotning narxi 5500 so‘m deb belgilandi. 15 may kunidan boshlab Ai-92 markazi benzin narxi yana 500 so‘mga arzonlashtirildi va 5000 so‘m qilib belgilandi“ deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonning Ai-92 markazi benzini Toshkentdagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 4600 so‘mdan sotilayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ai-80 markali benzin narxi “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 4000 so‘mdan sotilmoqda

Manba: "qalampir.uz"