O‘zbekistonda may oyida qaysi banklar avtokredit taqdim etayotgani ma’lum qilindi


O‘zbekistonda 2020-yilning may oyida 21 ta tijorat banki avtokredit taklif qilmoqda. Spot mazkur banklar ro‘yxati hamda taklif qilinayotgan kredit shartlari va foiz stavkalarini taqdim etdi

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil may oyida 21 ta bank avtokreditga bo‘lgan yuqori talabni qoplashga tayyor. Joriy yilning yanvar oyida ularning soni 16 tani, mart oyida esa 20 tani tashkil qilgan.
Avtokredit taklif qilayotgan barcha banklarda mazkur kreditni olish uchun dastlabki badalni to‘lash kerak. Qoida tariqasida, dastlabki badal miqdori xarid qilinadigan avtomobil qiymatining 30 foizini tashkil qiladi, biroq bundan yuqori va pastroq bo‘lgan miqdorlar ham uchraydi.
Bir nechta bank turli avtokreditlarni taqdim etmoqda. Ularda foiz stavkasi badal summasi va kredit muddatiga mos ravishda o‘zgaradi. Deyarli barcha banklarda bir oy va undan ko‘proq bo‘lgan muddatga imtiyozli davr mavjud.
Quyidagi ma'lumotlar faqat tanishish maqsadida taqdim etilmoqda va ularning aniqligi yuzasidan nashriyot mas'uliyatni o'z zimmasiga olmaydi. Kredit shartlari mazkur ma'lumotlardan farq qilishi mumkin.
Aniqma'lumot uchun avtokredit taqdim etadigan banklarning o'ziga murojaat qilish tavsiya etiladi.


Bank nomiKredit muddatiDastlabki badal miqdoriKredit foiz stavkasi
Agrobank12 oydan 36 oygacha30 foizdan 50 foizgacha26 foizdan 29 foizgacha
Asaka bank36 oygacha30 foiz va undan yuqori26 foizdan 30 foizgacha
Asia Alliance Bank12 oydan 35 oygacha25 foiz va undan yuqori27 foizdan 29,9 foizgacha
Davr bank35 oygacha25 foizdan 50 foizgacha26 foizdan 27,5 foizgacha
Hamkorbank36 oygacha30 foiz va undan yuqori25 foizdan 28 foizgacha
InfinBank24 oydan 36 oygacha25 foizdan 35 foizgacha23,99 foiz va undan yuqori
Ipak Yo‘li Banki12 oydan 36 oygacha25 foiz va undan yuqori23,8 foiz va undan yuqori
Ipoteka bank36 oygacha25 foiz va undan yuqori28 foiz
Kapitalbank24 oydan 36 oygacha35 foizdan 50 foizgacha23,9 foiz va undan yuqori
NBU36 oy30 foiz28 foiz
Orient Finans Bank48 oygacha25 foizdan 50 foizgacha26 foizdan 28 foizgacha
Poytaxt Bank35 oy30 foiz va undan yuqori26 foizdan 28 foizgacha
Ravnaq-bank36 oygacha30 foizdan 50 foizgacha30 foizdan 32 foizgacha
Savdogarbank30 oy30 foiz30 foiz
SQB12 oydan 36 oygacha25 foiz va undan yuqori28 foizdan 31,9 foizgacha
Tenge Bank36 oygacha30 foiz va undan yuqori25,90 foiz
Trastbank36 oygacha30 foizdan 40 foizgacha26 foizdan 28 foizgacha
Turon bank12 oydan 36 oygacha25 foiz va undan yuqori26 foiz va undan yuqori
Universalbank36 oygacha25 foiz39 foiz
Xalq banki12 oydan 36 oygacha30 foiz30 foiz
Ziraat Bank36 oygacha30 foiz va undan yuqori25 foiz va undan yuqori

Manba: "daryo.uz"