YeI Isroil Iordanning G‘arbiy sohilini bosib oladigan bo‘lsa sanksiyalar bilan javob qaytarishi mumkin


Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika hukumati G‘arbiy sohildagi yahudiy aholi maskanlarini Isroil hududi deb tan olish niyatida ekanligini aytgandi.

                                                 Foto: AP Photo/Francisco Seco
                    
                                Isroil tomonidan Iordan daryosining G‘arbiy sohili ehtimoliy anneksiya qilinishi Yevroittifoqning javobiga sabab bo‘ladi. Bu haqda YeI tashqi siyosat xizmati vakili Peter Stano ma'lum qildi.
"Sanksiyalarga keladigan bo‘lsak, qaror a'zo davlatlar tomonidan qabul qilinadi. Hozirda a'zo davlatlar o‘rtasida munozara ketmoqda. YeI anneksiya e'tiborsiz qolmasligini ko‘p marta aytgan. YeI javob qaytaradi", dedi u.
Stanoning so‘zlariga ko‘ra, ushbu masala 15 mayda YeIning 27 mamlakati tashqi ishlar vazirlarining videokonferensiya shaklidagi yig‘ilishida muhokama qilinadi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika hukumati G‘arbiy sohildagi yahudiy aholi maskanlarini Isroil hududi deb tan olish niyatida ekanligini aytgandi. 
22 aprel kuni AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo bu boradagi yakuniy qarorni Isroil qabul qilishini bildirdi.

Manba: "kun.uz"