Parijliklarga ko‘p martalik himoya niqobi tarqatiladi


Fransiyada 11 maydan koronavirus tarqalishi sababli kiritilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlash boshlandi.

Fransiyada 11 maydan koronavirus tarqalishi sababli kiritilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlash boshlandi.

                                                                                      Foto: REUTERS / Charles Platiau
                    
                                Parij meriyasi shahar aholisini ko‘p marta foydalaniladigan niqoblarni bepul olish uchun onlayn shaklni to‘ldirishga chaqirdi.
"Parij meriyasi yuviladigan niqoblarni taqdim etadi. 11 maydan dorixonalarga kelib o‘zingiz va 11 yoshdan katta oila a'zolaringiz uchun niqoblarni bepul olib ketishni taklif qilamiz", - deyiladi shahar meriyasi saytida.
Fransiyada 11 maydan koronavirus tarqalishi sababli kiritilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlash boshlandi. Mamlakatda maktablar, do‘konlar, savdo markazlari (Parijdan tashqari), sartaroshxonalar ochildi. Qahvaxona, bar va restoranlar, plyaj va parklar esa hozircha yopiq turadi.
Fransiya hukumatining ma'lum qilishicha, jamoat transportida niqob taqish majburiy bo‘ladi, bu qoidani buzganlik uchun 135 yevro jarima belgilangan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Fransiyada koronavirusga chalinganlar soni 177 mingdan oshgan, 26,3 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Manba: "kun.uz"