Buyuk Britaniyada karantin choralari yumshatilmoqda


Aholiga oftobda toblanish, mashina minish, sport bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi. Ikki kishi sport bilan shug‘ullanganida ular bir oilada yashaydiganlar bo‘lishi lozim.

                                                  Foto: REUTERS
                    
                                Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson aholiga telemurojaati chog‘ida Angliya hududida 13 maydan koronavirus tarqalishiga qarshi joriy etilgan cheklovlar yumshatilishini ma'lum qildi.
Xususan, aholiga oftobda toblanish, mashina minish, sport bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi. Ikki kishi sport bilan shug‘ullanganida ular bir oilada yashaydiganlar bo‘lishi lozim.
Jonson aholini ijtimoiy masofa saqlashga chaqirdi hamda ushbu qoidani buzganlar uchun jarima miqdorlarini oshirilishini aytdi.
U shuningdek, xorijdan keluvchilar karantinga olinishini ta'kidladi.
Jonsonning bildirishicha, hukumat koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni kuzatadi va cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilishni davom ettiradi. Cheklovlarni yumshatishning keyingi bosqichi 1 iyunda boshlanishi mumkin.  
Ko‘plab jamoat joylari ochilishiga ruxsat beriladigan uchinchi bosqich iyulda boshlanishi kutilmoqda.
Worldometers saytining ma'lumot berishicha, Buyuk Britaniyada koronavirus yuqtirganlar soni 219 mingdan oshgan, 32 mingga yaqin kishi vafot etgan.

Manba: "kun.uz"