Qozog‘istonda koronavirus sababli kiritilgan favqulodda holat rejimi fors-major deb tan olinadi


Avvalroq Qozog‘istonda koronavirus tarqalishi sababli 16 martda joriy etilgan favqulodda holat rejimi 11 maygacha uzaytirilgandi.

                                                 Foto: sko.gov.kz
                    
                                Qozog‘istonda koronavirus sababli joriy etilgan favqulodda holat rejimi biznes uchun fors-major holati deb tan olinadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ma'lum qildi.
U favqulodda holat bo‘yicha davlat komissiyasi yig‘ilishida yakka tadbirkorlar va kichik biznes vakillarining sudga murojaatlari vaqtida favqulodda holat fors-major deb tan olinishi kerakligini ta'kidladi.
To‘qayev shuningdek, Qozog‘istonda yuridik shaxslar va yakka tadbirkorlarga nisbatan bankrotlik jarayonlarini qo‘zg‘atish 2020 yilning 1 oktyabrigacha to‘xtatib turilishini aytdi.
Avvalroq Qozog‘istonda koronavirus tarqalishi sababli 16 martda joriy etilgan favqulodda holat rejimi 11 maygacha uzaytirilgandi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 5100dan oshgan, 31 kishi vafot etgan.

Manba: "kun.uz"