YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomi xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarga qanday ta'sir qiladi?


Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan hamkorligi to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.


Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, YeOIIdagi kuzatuvchi davlat maqomi xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda muammo keltirib chiqarmaydi.

«Xalqaro valuta jamg‘armasi bo‘ladimi, Jahon banki bo‘ladimi, Osiyo taraqqiyot banki bo‘ladimi, hech qaysi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, moliyaviy tashkilotlar bilan muammo bo‘lmaydi. Biz bu savolni to‘g‘ridan-to‘g‘ri berganmiz. 
Bir so‘z bilan aytganda, avval kuzatuvchi bo‘lganimiz bilan hozir kuzatuvchi bo‘layotganimizning orasida prinsipial farq bor. Biz hozir birovdan qochib yoki birovga qarshi bo‘lib kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotganimiz yo‘q. Davlatimizning, prezidentimizning hozirgi tashqi siyosati - hamma bilan bir xil, yaxshi, konstruktiv aloqada bo‘lish. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri savollar berganmiz, to‘g‘ri javoblar ham olganmiz. Bironta tashkilotdan qandaydir shubha ham bildirilmagan. O‘ylaymanki, xavotirga o‘rin yo‘q», - dedi Jamshid Qo‘chqorov. 
Manba: "kun.uz"