Koronavirus Uhanga qaytdi


Yakshanba kuni Xubey provinsiyasi sog‘liqni saqlash komissiyasi koronavirus butun dunyoga tarqalishi o‘chog‘i bo‘lgan Uhan shahrida so‘nggi sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha bitta yangi holat aniqlangani haqida xabar berdi.

                                                                                      Foto: AP/TASS
                    
                                Bu shaharda 3 aprel kunidan buyon qayd etilgan ilk holat bo‘ldi. Bemor og‘ir ahvolda shifoxonaga olib kelingan.
Bundan tashqari, Xubeyda 17 kishida virus alomatlarsiz kechayotgani aniqlangan, yana 616 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi. 
Umumiy hisobda Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 14ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 20ta holat aniqlandi. Virus tashuvchilarining 794 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.
Yangi holatlarning 12tasi mamlakat ichkarisida (Tszilinda 11ta, Xubeyda 1ta), bittasi Shanxayda qayd etilgan, bir holat xorijdan kelgan fuqaroda qayd etilgan.
Tszilindagi 11 holat Shulan shahrida yashovchi bir oila vakillari bilan bog‘liq. Ular 7 may kuni koronavirus tashxisi qo‘yilgan ayoldan virus yuqtirgan.
Bu Xitoyda so‘nggi 10 kundagi eng yuqori o‘sish bo‘ldi. Worldometers ma'lumotiga ko‘ra, 29 aprel kuni Xitoyda 22 kishida koronavirus aniqlangan va shundan keyin aynan 10 mayda so‘nggi 10 kunlikning eng yuqori ko‘rsatkichi (14 holat) qayd etildi.
So‘nggi bir kunda Xitoyda koronavirus tufayli o‘lim holati qayd etilmagan.
Dekabr oyidan buyon Xitoyda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq jami 82901 holat qayd etilgan (shundan 1683 holat xorijdan), 4633 kishi vafot etgan.
Ayni vaqtda mamlakatdagi shifoxonalarda 148 bemor davolanishda davom etmoqda, ulardan 13 nafarining ahvoli og‘ir. Shifoxonalardan jami 78 mingdan ortiq kishi sog‘ayib chiqqan.
Xitoyning materikdan tashqaridagi qismida yangi holatlar qayd etilmayapti. O‘tgan yilning dekabridan buyon bu hududlarda jami 1529 holat qayd etilgan - Hongkongda 1044 (4 o‘lim holati), Makaoda 45, Tayvanda 440 (6 holati).
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda virusdan zararlanish holatlari soni 4,1 milliondan oshib ketgan, qurbonlar soni 280 mingdan oshiqni tashkil etmoqda - so‘nggi bir kunda 4404 kishi virusdan zararlanish oqibatida vafot etgan.
So‘nggi bir kunda 100 mingdan oshiq yangi holat aniqlangan, AQShda – 1 309 541 (78 794 kishi vafot etgan), Ispaniyada – 223 578 (26 478), Italiya – 218 268 (30 395), Buyuk Britaniyada – 216 525 (31 662), Fransiyada – 176 782 (26 313), Germaniyada – 171 324 (7 549), Braziliyada – 156 061 (10 656), Turkiyada – 137 115 (3 739), Eronda – 106 220 (6 589) holat qayd etilgan.
Manba: "kun.uz"